“Yuventus” Pol Pogbaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba, klubni tark etishni rejalashtirmayapti.

Turinliklar klubi bosh direktori Juzeppe Marotta, 20 yoshli fransiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etilishini tasdiqladi.

- Pogba “Yuventus”da baxtli va klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Biz tez kunda Polning agenti bilan uchrashib yangi shartnoma bo'yicha kelishib olamiz va o'z navbatida futbolchining maoshini ham oshiramiz”, - Marottaning so'zlarini keltiradi "Sky Italia".


Manba: football.kulichki.net