

“Keksa sinoralar” Italiyaning boshqa bir jamoasi “Askoli”ning 20 yoshli vingeri Rikkardo Orsolinini xarid qilishdi.
Turinliklar futbolchining transferi uchun 6 million evro to'lashdi. Yana 4 million evro bonus sifatida “Askoli” klubi hisob raqamiga o'tkazib beriladi.

“Yuventus” Orsolini bilan 2021 yilgacha amal qiluvchi shartnoma imzolagan.