“Yuventus” Mandragorani 10,7 million evroga sotib oldi

Yarim himoyachi Rolando Mandragora yana “Yuventus” futbolchisiga aylandi.

Turin klubi futbolchi uchun “Udineze”ga 10,7 million evro to'laydi va  Rolando bilan 2025 yil iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Transfer summasi ikki yil davomida to'lab beriladi.

Mandragora mavsum oxiriga qadar “Udineze”da ijra asosida to'p tepadi. Futbolchining transferida udineliklar yana 6 million evro bonus ishlab olishlari mumkin.

2018 yilning yozida “Yuve”  Mandragorani 20 million evro evaziga “Udineze”ga sotgandi. O'tgan mavsumda 23 yoshli italiyalik futbolchi “Udineze” tarkibida A seriyaning 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "Ювентус" расмий сайти