"Yuventus" "Manchester Siti" yetakchilaridan biriga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2021
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchini qishki transfer oynasida sotib olmoqchi. Shuningdek, portugaliyalik "Barselona" va "Atletiko" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

27 yoshli Silva joriy mavsumda "shaharliklar" tarkibida barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato