"Yuventus" Lokatelli uchun 30 mln evro to'lamoqchi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021
"Yuventus" "Sassuolo" xavbeki Manuel Lokatelli bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Goal" xabariga ko'ra, "keksa sinora" 19 yoshli futbolchi uchun 30 mln evro taklif qilmoqchi. Oldinroq "Sassuolo" futbolchisini 40 mln evrodan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgandi. Evro-2020dan keyin esa ushbu summa o'sishi ham mumkin.

Ushbu mavsumda Lokatelli 34 o'yinda 4 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal