"Yuventus" "Lion" xavbeki Auar bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
28 yanv 2021
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchi "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, turinliklar rahbariyati yaqin kunlarda Auarning vakillari bilan muzokaralar o'tkazish uchun yozgi transferlar oynasidagi bitim uchun muzokaralarga kirishishadi.

Qayd etish kerakki, Auarga shuningdek Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda, ammo turinliklar o'yinchini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

Fransiyalikning "Lion" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Xavbek joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com