“Yuventus” himoyachisi A Seriya favoritlari haqida gapirdi

29 okt 2019, 09:09
Aleks Sandro mavsum haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Joriy mavsum chempionatda kuchli klublar juda ko'p. “Inter”, “Napoli” va “Atalanta” joriy mavsum biz bilan chempionlik uchun oxirigacha kurashadi deb o'ylayman. De Ligt? Men unga ko'proq vaqt berish kerak deb o'ylayman. Hech qanday muammo ko'rmayapman. U har kuni klubga yanada moslashib bormoqda. U juda ham kuchli himoyachi”, - deydi Aleks Sandro.


Manba: FootballHD