"Yuventus" Duglas Kostani qo'yib yuborishga rozi bo'ldi

Alisher
18 may 2021
30 yoshli Duglas Kosta "Yuventus"da "Gremio" bilan shartnoma imzolash uchun ruxsat oldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, rasmiy bayonot yaqin 48-72 soat ichida e'lon qilinadi.

Duglas Kosta ayni damda "Bavariya"da ijara asosida o'ynamoqda. Uning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira