"Yuventus" Bonuchchini Kaldaraga almashtirish borasida "Milan" bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2018
"Yuventus" klubi "Milan" bilan himoyachi Leonardo Bonuchchini qaytarish borasida kelishib oldi.

Bonuchchining o'rniga "rossonerlar" turinliklar himoyachisi Mattia Kaldarani olishadi. Kaldara oxirgi bir yarim mavsumni ijara asosida "Atalanta"da o'tkazdi.

Bunday holatda tomonlar har ikki o'yinchini bir xil deya baholashmoqda.



Bir yil oldin "Milan" Bonuchchi uchun "Yuventus"ga 42 million evro to'lagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Italia