"Yuventus" bir shart evaziga Vitsel bilan shartnoma imzolashi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 avg 2021
"Yuventus" agar Ueston Makkenni ketgan taqdirda, yangi yarim himoyachi sotib olish haqida bosh qotirmoqda.

Amerikalik futbolchiga bir necha klublar qiziqish bildirmoqda, jumladan, Londonning "Tottenxem" klubi o'yinchini sotib olishi mumkin.

Agar Makkenni ketsa, turinliklar Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Belgiyalik futbolchini bir necha vositachilar "Yuventus"ga taklif qilishgan. Biroq transferning amalga oshishi ko'proq Makkennining jamoani tark etishiga bog'liq.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com