Yuriy Semin: “Denisov yaqin vaqt ichida maydonga qaytadi”

Aslanov Jasurbek
14 avg 2017
“Lokomotiv” (Moskva) jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoasining “Tosno”ga (0:2) qarshi uchrashuvi haqida gapirdi.

-O'ylaymanki, natija adolatli bo'ldi. Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin uzoq masofalarga to'pni oshirib o'ynadik. O'yinni kombinacion  va qanotlardan jarima maydonchasiga to'pni etkazib berib o'yin ko'rsatganimizda, qandaydir natijaga erishishimiz mumkin edi. Kasaev asosiy tarkibda? U  Ribus bilan oldigi chiziqda hujumkorlikni oshirishi lozim edi, ammmo bu niyat amalga oshmadi. Umuman bu bahsda hech kimning urinishi samara bermadi.

-Vitaliy Denisov zahirada qoldi. Uni qachon maydonda ko'rsak bo'ladi?

-U umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi. O'ylaymanki, yaqin vaqt ichida u jamoga yordam berishni boshlaydi. U chempionatdagi kichik tanaffusdan keyin maydonga qaytsa kerak, -deydi Semin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Локомотив» клуби расмий сайти