Yurgen Klopp orden bilan mukofotlandi

Administrator
1 okt 2024
Murabbiy Germaniya davlat mukofotiga loyiq ko'rildi.

"Liverpul" va "Borussiya D" klublari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "GFR oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Ushbu ordenni topshirish marosimi bugun Berlin shahridagi Belvyu saroyida o'tkazildi. Yurgen Kloppga mukofotni shaxsan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirgan.

"Omad va shon-shuhrat unga sportdan tashqarida ham oddiy inson sifatida ko'rinishga halal bermadi", deyiladi hukumat bayonotida.


AdministratorMuallif
Manba: Bild