Yurgen Klopp: “Yigitlar endi dam olishi kerak”

Aslanov Jasurbek
2 dek 2020, 09:05
“Liverpul” ustozi YCHL 5-turi doirasida “Ayaks”ga qarshi bahsdan (1:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Hammasidan ham yigitlar endi dam olishi kerak. Oldinda ikkita dam olish kunlari bor. Robertson va Xendersonning oyog'i lat edi. Shunday ekan ularga vaqt kerak. Kellexer - top posbon, u bugun har qanday maqtovlardan ko'ra yaxshiroq o'yin namoyish qildi. Neko Uilyams - umuman boshqa hikoya. Endi u o'z o'yinini APL va YCHLda topishi kerak. Hammasi oddiy emas. Bu Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi o'yinimiz bo'ldi deb o'ylayman. Bizda jarohat olganlar juda ko'p, ularda esa qoyilmaqom jamoa bor edi. Hamma “Ayaks”ning qanchalar yaxshi jamoa ekanligini yaxshi biladi. Ularda juda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Biz “Ayaks” bilan yaxshi o'yin o'tkazdik”, - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA