Yurgen Klopp: Salahni hozir to'xtatib qolish qiyin

Narzulla Saydullayev
25 apr 2018, 08:40
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp Roma yirik hisobda mag'lub etilgach (5:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Salahni bunday sport formasida to'xtatib qolish qiyin. Uning ta’sir doirasi kuchli. Birinchi gol – qoyilmaqom zarba, ikkinchisi – ajoyib kombinaciya.

Salah fenomenal mavsumni o'tkazmoqda. Unga mana shunday futbol ko'rsatishda yordam berishda davom etishimiz lozim. Bizning klubga o'tganidan juda xursandmiz, – deydi Klopp.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com