Yurgen Klopp: Men maydonda bo'lganimda Keyn to'pni olmasdi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 07:05
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Tottenxemga qarshi o'yindan so'ng (1:4) o'z fikrlarini bildirdi.

O'yinimiz to'lig'icha xato edi – Tottenxem juda yaxshi o'ynadi, biz ularning ishini oson qildik.

Birinchi golni autdan keyin o'tkazdik. Bu juda va juda yomon himoya edi. Ikkinchi gol – qarshi hujumdan keyin, Lovren to'pga ulgurmadi. Salaxning golidan so'ng bizda yana imkoniyatlar bo'lgandi.

Uchinchi goli – oddiy vaziyat. To'rtinchi gol – Tottenxemning ikki bor to'pni qo'lga kiritishi.

Gol urilgan vaziyatda Lovrenning Keyn bilan kurashi? Agar men maydonda bo'lganimda Keyn to'pni ololmasdi, – deydi Klopp.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com