Yurgen Klopp "Liverpul"ning sharmandali mag'lubiyati haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL doirasida "Napoli"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Buni qabul qilish qiyin. Ammo o'yinni ko'rgan bo'lsangiz, tushuntirish qiyin emas. Tyago maydonga tushmagunicha, qarshi bosim qilganimizni eslay olmayapman. Barchasi aniq edi. Nima uchun bunday bo'lib ketganini hozir tushuntira olmayman. 

Ko'rinishidan, yana o'zimizni topib olishimiz kerak. Alisoni bor jamoa bitta taymning o'zida uchta gol o'tkazib yuborishi uchun juda yomon o'yin ko'rsatgan bo'lish lozim. Va albatta "Napoli" juda yaxshi o'ynadi, "Liverpul" esa yo'q. 

Mening vazifam nima uchun bunday bo'lib ketganini tushunib olishdir", - dedi Klopp. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA