Yurgen Klopp: Chelsi bilan durang yaxshi natija

Narzulla Saydullayev
1 fev 2017, 09:31
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Chelsiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

O'yindan oldin men ajoyib klubimiz o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotmasligi kerak deganimda ko'pchilikka yoqmagandi. Mag'lubiyatlarda ham yaxshi narsalar bor. Ishlashda davom etamiz va mavsum oxirida qaysi o'rinda ekanligimizni ko'ramiz.

Bugun uch o'yinlik mag'lubiyatli seriyadan keyin durangga erishdik, bu yaxshi natija, – deydi Klopp.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com