Yurgen Klopp: Agarda MYU bizga qarshi o'ynagandek o'ynasa, Arsenalga yuz foiz mag'lub bo'ladi

Khoja
8 apr 2024
Liverpul ustozi Yurgen Klopp Manchester Yunayted Arsenal uchrashuvida qizil iblislarga muxlislik qilishini ma'lum qildi.

Ha, shunday bo'lishi mumkin. Buning uchun biz o'sha vaqtda ham chempionlik uchun kurashayotgan bo'lishimiz kerak bo'ladi.

Biroq Arsenal yaxshi jamoa. Agarda MYU bizga qarshi o'ynagandek o'yin ko'rsatsa, Arsenalga yuz foiz mag'lub bo'ladi. Afsuski, biz mavsumdagi har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozona olmadik. Biz har ikki bahsda g'alaba qozonishimiz kerak edi, biroz o'zimizning xatolarimiz evaziga bu sodir bo'lmadi, - dedi Klopp.


KhojaMuallif
Manba: championat.com