Yulian Nagelsmann: "Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman va iste'fo haqida o'ylamayman"

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bahsidan oldingi kayfiyati haqida gapirdi.

"Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman va istefo haqida o'ylamayman. Jurnalistlar nimalar yozayotganini bilaman, ammo bunga e'tibor bermayman. Axir, men jurnalistlar termasi murabbiyi emasman", - deydi Nagelsmann. 

Ma'lumot uchun, "nemis mashinasi" bugun Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga chiqadi. Germaniya avvalgi uchrashuvda Slovakiyaga mag'lub bo'lgandi (0:2)


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Bayern&Germany