

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano Twitter'da ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, “Chelsi” rahbariyati aynan nemis murabbiyini jamoani boshqarishda asosiy davogar sifatida ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha “Chelsi” Grem Potterni bosh murabbiy lavozimidan ozod etganini e'lon qildi.
“Chelsi” ayni damda APLda 11-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 28 uchrashuvdan so'ng 38 ochko jamg'argan.



