

"Menda hech qanday izoh yo'q. Umuman olganda, biz Jahon chempionatiga borishimiz kerakligini va u erda o'ynashni istayotganimizni barcha futbolchi yaxshilab tushunib olishi kerak. Biz bugun JCHda o'ynashga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Bugungi tarkibda Germaniyaning eng kuchli futbolchilari yig'ilganmidi? Hamma saviyasi yuqori futbolchilarni jalb qilishim kerakligini aytadi. Endi saviyasi yuqori bo'lgan futbolchilarni emas, balki borini berishga tayyor bo'lganlarni terma jamoaga chaqirarmiz. Terma jamoa uchun borini berishni istamaydigan futbolchilardan to'ydim". - dedi Yulian Nagelsman.



