Yulian Draksler: "Biz mardlarcha kurashdik va g'alabaga haqli edik"
Tolibjon Qosimov
3 iyul 2017
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler "Konfederatsiyalar kubogi-2017"dagi g'alabani izohlab o'tdi.
Finalda nemislar Chilini 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
"Biz mardlarcha kurashdik va g'alabaga to'liq haqli edik. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz bu tarkibda hech qachon o'ynamaganmiz. Bu omil g'alaba kuchini yanada oshiradi", - dedi Draksler.