⚡️ Yozgi transferlar-2022. 2-SON. Nunes, Mane va boshqalar… Ehtimoliy o'tishlar hamda mish-mishlar (16 iyundan 23 iyunga qadar)

Eldor Akmurzayev
23 iyun 2022
Yozgi transfer bozorida amalga oshgan “qaynoq” transferlarni ushbu roligimiz orqali ko'rishingiz mumkin.

1. Darvin Nunes (hujumchi, 22 yosh, Urugvay) 

75 mln evro evaziga “Benfika”dan “Liverpul.”ga o'tdi va 2028 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. U mersisaydliklar safida 27-raqam ostida o'ynaydi.

2021/22 yilgi mavsumdagi statistikasi: 41 o'yin, 34 gol va 4 assist.

2. Sadio Mane (vinger, 30 yosh, Senegal)

“Liverpul” Nunesni qo'lga kiritdi, ammo Sadio Manedan ayrildi. “Bavariya” "qizillar" yulduzini 32 mln evroga sotib oldi. Shuningdek, qo'shimcha 9 mln evro bonus mablag'i to'lab berilishi ham bitimga kiritilgan va shartnoma 2025 yil yozigacha imzolandi.

2021/22 yilgi mavsumdagi statistikasi: 50 o'yin, 23 gol va 2 assist.

...

Video davomida amalga oshgan transferlar, erkin agentlarning yangi jamoalari, ehtimoliy o'tishlar hamda mish-mishlar ruknlari berilgan:


⚡️ Yozgi transferlar-2022. 1-SON. Xoland, Chuameni va boshqalar (16 iyunga qadar) 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar