Yozda "Paxtakor"ga kelgan hujumchi Pshemislav Banashak qayerda?

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022
Legioner hujumchi oxirgi o'yinlarda maydonga tushmayotganiga ko'pchilik e'tibor qilgan bo'lsa kerak.

Ma'lum bo'lishicha, Banashak mashg'ulot vaqtida oyog'idan jiddiy jarohat olgan va ma'lum muddatga safdan chiqqan. 

Hujumchi uchun bu mavsum yakunlangani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, polshalik forvard Coca Cola Superligasida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia