Yosida A Seriyaning boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin

Alisher
22 iyun 2022
Himoyachi Mayya Yosida faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yaponiyalikka debyutant "Monca" qiziqish bildirmoqda.

"Monca" oldinroq "Inter"dan ketgan Andrea Ranokkiya bilan erkin agent maqomida shartnoma imzoladi. Yosidaning ham "Sampdoriya" bilan shartnomasi yakunlanmoqda, shu sabab yapon yangi jamoa qidirmoqda.

Yosida oldinroq uzoq yillar davomida "Sautgempton"da o'ynagandi. U so'nggi uch mavsumni "Sampdoriya"da o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira