Yorqin Nazarov: "Qishki yig'inlar tez o'tib ketdi hamda chempionat boshlanib qoldi"

Omonjon To`xtamirzayev
10 mar 2023
Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida
"Olimpik"ka qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin negadir yana omadimiz kelmadi. Endilikda himoya va hujumdagi xatolarimiz ustida ishlashimiz lozim. 

- Bobur Yo'ldoshev o'tgan o'yinda qanotda harakat qilgandi. Bugun esa uni markaziy zonaga qo'ydingiz. Bu "Olimpik"ka qarshi alohida tanlangan uslub mahsulimi?
- Yo'q. Iskandar Shaykulov kechagi mashg'ulotlarda jarohat oldi. Shu bois, Yo'ldoshevni markazga joylashtirdik. Yani, taktik o'zgarishni amalga oshirdik. 

- Kelgusi bahsda "Neftchi"ga qarshi bellashasizlar. Farg'onaliklar shakllangan jamoa ekanligini ko'ryapmiz. Ushbu o'yinga qanday maqsad qo'ygansizlar?
- Maqsadimiz - g'alaba qozonish. Qishki yig'inlar tez o'tib ketdi hamda chempionat boshlanib qoldi. "Neftchi"ga qarshi ham faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia