York: "Pogba qolishi kerak"

Mirjalol Normatov
20 apr 2018
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Duayt York yarim himoyachi Pol Pogba "qizil iblislar" safida qolishi kerakligini aytmoqda.

"Pogba "Manchester Yunayted"da qolishi kerak deb hisoblayman. U hali rivojlanadi. Barchasi uning xarakteriga bog'liq. Pogba - yaxshi yigit va a'lo darajadagi futbolchi", - dedi York.

Oldinroq "Yunayted" Pogbani 140 mln evroga sotishga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN