

"Ronaldu bilan yoki Ronaldusiz? Yo'q, yo'q. Biz Krishtianu bilan kuchliroqmiz, Nuno Mendes bilan yaxshiroq o'ynaymiz, Pedro Neto bilan yaxshiroq o'ynaymiz. Bu muhim. Futbol xatolar, qiyinchiliklar va chidamlilik o'yini ekanligini ham tushunish kerak. Yetakchilarsiz o'ynagan vaqtda ham g'alaba qozonish yo'llarini izlashimiz lozim", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Irlandiyaga qarshi bahsda qizil kartochka olgandi. Portugaliya termasi esa keying turda Armanistonni 9:1 hisobida mag'lub etdi.



