Yodgor Sadiev: Yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2017
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Yodgor Sadiev "UZREPORT TV"ga bergan intervyusida O'FF tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mana O'FFga yangi rahbariyat kelganiga 100 kun bo'lmoqda. Federatsiya prezidenti Umid Ahmadjonovdan butun O'zbekistondagi futbol muxlislarining umidi katta! Hozir milliy chempionat yangi formatga o'tilyapti. Men ochig'ini aytaman, menga maqul bu format. Nimasi bilan maqul!? Jamoalarning orasidagi raqobatning kuchayishiga olib keladi bu narsa. Futbol maydonidagi kurashning oshishiga olib keladi, ana shunisi bilan menga juda maqul. Endi uchrashuvlar 4 davrada bo'lib o'tadi. Har klub mana shu 4 davra uchrashuvlariga alohida tayyorgarlik ko'radi va o'yinini kuchaytirib olish imkoniga ega bo'ladi. Avvalgi 16 ta jamoadan iborat format milliy terma jaomamizning Jahon chempionatlariga chiqishiga ta’siri jihatidan o'zini oqlamadi, meni fikrimcha. Bu meni shaxsiy, subektiv fikrim.

Mana bu 12 ta jamoa endi o'zini ustida ko'proq ishlaydi. Pro-ligadagi jamoalar Superligaga chiqish uchun ko'proq harakat qilishadi. Nega? Chunki, jamoalar Superligaga chiqsa, ularning tarkibidagi futbolchilarning maoshlari albatta oshadi va demak bu erda har tomonlama manfaat va qiziqishlar hisobga olingan. Shu bilan birgalikda bu format, bizning milliy terma jamoamizning shakllanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi degan umidlarimiz bor.



Men o'ylaymanki, bu o'ylangan loyihalar juda ham pishiq va o'zbek futbolini jahon arenalariga olib chiqish uchun qilinayotgan ishlardan biri hisoblanadi.

Ming afsus, biz 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga O'zbekiston bayrog'i ham hilpiraydi deb umid qilgandik, bu bizga nasib etmadi. Biz endi O'zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar o'z samarasini beradi, deb niyat qilamiz".



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com

O'xshash yangiliklar