Yilning "eng yaxshi futbolchisi" - Jaloliddin Masharipov

Aslanov Jasurbek
26 dek 2020
Toshkentdagi "Zarafshon" tantanalar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

2020 yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Berdiev "eng yaxshi murabbiy", Masharipov "eng yaxshi futbolchi"

Unga ko'ra 2020 yilda O'zbekistonning "eng yaxshi futbolchisi" sifatida "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov etirof etildi. Ancha yillardan buyon "Paxtakor"ning almashtirib bo'lmas o'yinchisiga aylangan Jaloliddin Masharipov 2020 yilgi mavsumda ham ajoyib o'ynadi. "Paxtakor" yetakchisi mavsumni bir notada o'tkaza oldi. Masharipov Superliganing 23ta bahsida maydonga tushib, 6 bor gol muallifi bo'ldi. Lekin 14ta golli pas amalga oshirib Superligadagi eng yaxshi natijani qayd etdi.  

Masharipov yil futbolchisi bo'lishda Oybek Bozorov va Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia