Yerri Mina: "Yumtiti va Din menga Kolumbiya g'alaba qozonmasligini aytishgan edi"
Aslanov Jasurbek
24 mar 2018
Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Yerri Mina Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (3:2) "Barselona"dagi fransiyalik jamoadoshlari unga o'yindan oldin kolumbiyaliklar g'alaba qozona olmasligini aytgani haqida gapirib berdi.
"Fransiyaga qarshi bahsdan oldin Yumtiti va Din oldimga kelib, bugun g'alaba qozona olmasligimizni aytdi. Men esa indamadim. Jamoamga ishondim va bor kuchimizni ishga solib, fransiyaliklarni mag'lubiyatga uchratdik" - deydi Mina.