Yaponiya terma jamoasini muxlislar qanday kutib olishganini ko'rdingizmi?

Aslanov Jasurbek
8 dek 2022, 00:47
JCH-2022da nimchorak final bosqichigacha yetib borib, mundial bilan xayrlashgan Yaponiya terma jamoasi vataniga qaytdi.

Yaponiyalik futbolchilarni aeroportda ko'plab jurnalist va muxlislar kutib oldi. Terma jamoa vakillariga qahramonlardek izzat ko'rsatildi. Buni suratlardan ham bilib olish qiyin emas.





Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi Qatardagi mundialda "E" guruhida Ispaniya va Germaniyani mag'lub etib, birinchi o'rinni egalladi, ammo nimchorak final bosqichida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan yaponlar musobaqani tark etishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FIFAWorldCup