Yaponiya terma jamoasi safida AQSHda tug'ilgan futbolchi debyut qildi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2018
Bugun Yaponiya terma jamoasi o'z maydonida Venesuela bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda.

Mazkur bahsda Yaponiya darvozasini ilk daqiqalardan boshlab Daniel Shmidt qo'riqlamoqda.

1992 yil AQSHning Illinoys shtatida tug'ilgan futbolchining onasi yaponiyalik. Shmidt Yaponiyada yashab katta bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi 2019 yilgi Osiyo Kubogida O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia