Yap Stam iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
28 sen 2021
"Cincinatti" klubi Yap Stamning iste'fosini ma'lum qildi.

U bilan birgalikda yordamchilari Said Bakkati va Yoann Demmet ham ishdan ketdi. Jamoani vaqtincha U-19 jamoasi ustozi Tayron Marshall boshqarib turadi.

Ushbu mavsumda "Cincinatti" jamoasi MLSning sharqiy konferenciyasida 4 o'yinda g'alabaga erishib, 13 durang va 8 mag'lubiyat qayd etdi. Klub so'nggi 16 o'yinda faqatgina bir marta muvaffaqiyat qozondi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal