Yanuzay Kosovo terma jamoasida o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
26 may 2016
Asli kelib chiqishi Kosovodan bo'lgan "Manchester Yunayted"ning 21 yoshli belgiyalik yarim himoyachisi Adnan Yanuzay, Kosovo terma jamoasida o'ynashni istayotganini aytdi.

Yanuzay Belgiya terma jamoasida 6 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.

Kosovo futbol federatsiyasi FIFA va UEFA tomonidan tan olinganidan so'ng, futbolchi ushbu terma jamoa safida o'ynash uchun ruhsat so'rashga qaror qilgan. Belgiyaliklar ustozi Mark Vilmots Yanuzay rejalariga aralashmoqchi emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DH