Yangi murabbiy bilan ikkinchi Superkubok sari. "Paxtakor" mavsumga tayyormi?

Iskandarov Abdulaziz
24 fev 2022
2022 yilning dastlabki o'yini O'zbekiston Superkubogi bahsiga ham oz qolmoqda.

Superkubok bahsi bilan mamlakatimizdagi katta futbol bayramiga ham start beriladi. "Paxtakor" mavsumga qanchalik tayyor? Quyida shu haqida gap boradi. 

Tayyorgarlik rejasi 

 8 yanvar sanasidan boshlab mashg'ulotlarni boshlagan "sherlar" 4 fevral kuni Toshkentdagi yig'inni yakunladi. Mana shu vaqt ichida yangi murabbiy Slavche Voyneski boshchiligida "Paxtakor" "Yangier" (2:0) va "Do'stlik" (6:0) jamoalariga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi. 5 fevral kuni Antaliyaga yo'l olgan "sherlar" bir qator kuchli va nomdor klublarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdi. Natijalar esa quyidagicha bo'ldi. "Minay" 1:0,  "Ufa" 1:1, "Dinamo Tbilisi" 0:3. "Dinamo Kiev" 0:0. 



 VIDEO. SAfarda. "Paxtakor" Kievning "Dinamo"si bilan durang o'ynadi + Azizbek Turg'unboev bilan intervyu 


VIDEO. CAfarda. "Paxtakor"ning yirik mag'lubiyati, Slavche Voyneskidan intervyu, 


Tarkibdagi o'zgarishlar

Avval xabar berganimizdek, klub dastlab Mirjahon Mirahmadov, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboev bilan rasman shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'iniga esa Oliver Sharkich, himoya chizig'iga ukrainalik Aleksey Larin, Kamen Xajiev kelib qo'shildi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ushbu ikki himoyachi o'zidan yomon taassurot qoldirgani yo'q. Shuningdek, "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Jasurbek Yoqubov kuni kecha "Paxtakor" a'zosiga aylandi. So'nggi yangiliklarga qaraganda klub Jaloliddin Masharipovni ortga qaytarish harakatiga kirishgan. Poytaxt klubi qishki transferlar oynasida ma'lum bir yo'qotishlarga uchradi. Anzur Ismoilov, Sharof Muhiddinov, Boyan Matich, Marlen Chobanov, Doston Hamdamov endilikda faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Qolaversa hujum chizig'i vakili Sherzod Temirov ayni pallada "Persepolis" qiziqishlari doirasida turibdi. 


"Paxtakor"ning taxminiy tarkibi 

Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Kamen Xajiev, Aleksey Larin, Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Ikrom Aliboev, Aziz Turg'unboev, Sardor Rashidov, Dragan Cheran

Aziz Turg'unboev - 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan Superkubok uchrashuviga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Turkiyadagi yig'in juda yaxshi tashkillashtirildi. Ko'rgan bo'lsangiz, "Dinamo Tbilis" bilan bahsda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Faqatgina hujumni yakunlash o'xshamadi. Kievliklarga qarshi oxirgi bellashuv hisoblangani uchun yigitlar bilan kelishib borimizni berishga harakat qildik. Ha, ular Ukraina chempioni. Biz esa O'zbekiston chempionimiz. Xudo xohlasa Superkubokka tayyormiz, deya olaman. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia