Yangi mavsumdan Bundesligada "Adidas" to'plarini ko'rmaymiz + FOTO

Tolibjon Qosimov
29 dek 2017
Sport ekipirovkalari ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng mashxur nemis kompaniyasi hisoblangan "Adidas" endi Germaniya Bundesligasini to'p bilan taminlamaydi.

"Adidas" va Bundesliga o'rtasida 2010-2011 yilgi mavsumda imzolangan shartnoma joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Liga hozirning o'zidayoq keyingi 4 mavsum uchun boshqa bir nemis kompaniyasi "Derbystar" bilan kelishib qo'ydi.

Internetda yangi mavsum to'plarining norasmiy suratlari paydo bo'ldi.


"Adidas" bilan to'plarni etkazib berish bo'yicha shartnoma Bundesliga tarixida birinchisi bo'lgan. Musobaqaga 1963 yilda asos solingan bo'lsa, o'shandan buyon to 2010-2011 yilgi mavsumga qadar jamoalar qaysi to'pda o'ynashni o'zlari hal qilishgan. "Adidas" bilan amalda bo'lgan 7 yil davomida liga kompaniyaning "TORFABRIK" to'plaridan foydalanib keldi. U JCH-2010da foydalanilgan "Jabulani" to'pi asosida yaratilgan.


Bundesliganing oxirgi 6 mavsum uchun "Adidas" tomonidan taqdim etilgan to'plari.


Bu esa joriy mavsum to'pi.

Joriy mavsum qish fasli uchun mo'ljallangan to'pi.


Yangi taminotchi "Derbystar" kompaniyasiga 1963 yilda asos solingan. 1991 yildan u sport ekipirovkalari ishlab chiqaruvchi boshqa bir kompaniya "Select" (Daniya)ga tegishli.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Adidas" endi Liga 1 (Fransiya chempionati)ga ham to'p etkazib bermasligi ma'lum bo'lgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/bundesliga_en