Yana bir jahon chempionati ishtirokchisi “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018
“Lokomotiv” professional futbol klubi bir necha yildan buyon poytaxtimizdagi 23-sonli mehribonlik uyi bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.

O'zbekiston chempioni a'zolari tez-tez ushbu mehribonlik uyiga tashrif buyurib turishlari ko'pchilikka ma'lum.

Ushbu mavsumdan boshab mazkur mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari “Lokomotiv” PFK nomidan Toshkent shahar havaskorlar ligasida ishtirok eta boshlagandi. Sekin-asta ajoyib iqtidorli yigitlarni kamolga etkazayotgan mazkur jamoa joriy yilning kuzidan boshlab futzal bo'yicha mamlakat chempionati 1-ligasida o'z ishtirokini boshlaydi.


Ayni paytda esa 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari shu yilning 10-18 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionatiga hozirlik ko'rmoqda Jamoa har kuni mashg'ulot o'tkazmoqda. Hafta so'nggida esa shahar havaskorlar ligasida o'yinlarda maydonga chiqmoqda.

Takidlash joizki, mazkur jamoaning barcha a'zolari “Lokomotiv” PFK logotiplari tushirilgan ekipirovka hamda sport anjomlari bilan to'liq taminlangan. Bunda “Lokomotiv” PFKning rasmiy hamkorlaridan biri Elmakon kompaniyasi yaqindan ko'mak ko'rsatdi.


Kuni kecha “Lokomotiv” stadionida mazkur jamoa bilan uchrashuv o'tkazildi.  Unda “Lokomotiv” PFK bosh direkori o'rinbosari To'labek Akramov jamoaning barcha a'zolariga sport sumkalari topshirdi hamda Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan 23-sonli mehribonlik uyi jamoasiga mundialda omad tiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz