Yamal va fransiyaliklar: Yevropaning 2025 yildagi eng kreativ futbolchilari

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2025
“Bavariya” vingeri Maykl Olise 2025 yil barcha musobaqalarda o'ynab, 25 ta gol urish imkoniyatini yaratdi.

Bu Yevropaning oliy ligalaridagi barcha futbolchilar orasida eng yuqori ko'rsatkichdir, deb yozdi "Squawka".

Kuchli uchlikka PSJ vingeri Dezire Due va "Manchester Siti"ning yangi a'zosi Rayan Sherki kirgan. Har ikki futbolchida 19 tadan vaziyat bor.

Eng ijodkor futbolchilar beshligidan PSJ vingeri Bredli Barkola (17 imkoniyat) va "Barselona" vingeri Lamin Yamal (16) joy olgan. E'tiborlisi, kuchli beshlikdagi futbolchilarning 4 nafari fransiyaliklardir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka