Xulen Lopetegi: "Sevilya" EL finaliga chiqishga loyiq"

Alisher
17 avg 2020
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Albatta, biz baxtlimiz. Og'ir o'yin bo'ldi va ikkinchi bo'limda ko'p terlashimizga to'g'ri keldi. Butun jamoa yaxshi harakat qildi. "Man Yunayted"ga qarshi ko'p harakat qilishingiz kerak va biz buni uddaladik. MYU - yaxshi futbol ko'rsatadigan juda katta klub.

Darvozabonimiz ajoyib o'yin ko'rsatdi. Oxir-oqibat biz finalga chiqishga loyiq edik. Yassin Bono ikkinchi taymda biz uchun juda ham muhim bo'ldi.

Men xursandman. Biz bunday keskin o'yinda bardoshli bo'ldik", - deydi Lopetegi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com