Xulen Lopetegi: “Hozirgi MYU so'nggi yillardagi eng yaxshisi”

16 avg 2020, 08:46
“Sevilya” jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Yevropa ligasi yarim finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu yilgi MYU so'nggi yillardagi eng yaxshisi. Jamoa o'z yo'lini topib olgan shu bois APLda yanvar oyidan buyon hech kimga yutqazmadi. Jamoa tarkibidagi o'ziga xos xislatlarga ega bo'lgan ko'plab futbolchilar bor. Ularga qarshi muvaffaqiyatli to'p tepish uchun yaxshiroq o'ynashimiz talab etiladi. Ertanga o'yinda jamoamdan aynan shunday o'yinni talab qilaman. Bizga shiddatli va chiroyli bellashuvlarni o'tkazish yoqadi. Aynan shu erga yetib kelish uchun biz yil bo'yi harakat qildik va kurashdik. Ertaga kuchli raqibga qarshi muhim “jang”ni o'tkazamiz. “Manchester Yunayted” har qancha top klub bo'lmasin, biz ertangi bahsda ularni yo'limizdan olib tashlash uchun tayyorgarlik ko'rayapmiz”, deya Lopetegining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Eslatib o'tamiz, “Sevilya” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun, 16 avgust kuni Germaniyanng Kyoln shahridagi “Rayn-Energi” stadionida bo'lib o'tadi.


Manba: Goal