

Juma kuni biz Kubok doirasidagi "Kembridj"ga qarshi o'yinda durang o'ynadik. O'yin juda keskin va qiyin kechdi. Qog'ozda quyi liga vakilini mag'lub etish osondek ko'rinishi mumkin. Lekin maydonda hammasi boshqacha. O'tgan haftada Angliya Kubogini bir yo'la ikki grand jamoa tark etgani ham fikrimga misol bo'la oladi. Angliya Kubogi syurprizlarga boy. Buni unutmaslik zarur.



