Xotira - muqaddas. Agar Mirabror Usmonov hayot bo'lganida...

Og'abek Samisov
4 iyul 2021
Bugun Mirabror Zufarovichning tug'ilgan kuni.

Agar u kishi hayot bo'lganlarida bugun 74 yoshni qarshi olgan bo'lardi. Mirabror Usmonov O'zbekiston futbol federatsiyasiga rahbarlik qilgan yillari (2006 - 2017) o'zbek futboli yangi bosqichga chiqdi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimizning ketmag'ket jahon chempionatlariga chiqishi, O'zbekistonda ikki bor futzal bo'yicha Osiyo chempionati tashkil etilishi aynan shu inson xizmatlari bilan bog'liq deb bemalol ayta olamiz.

Mirabror Usmonov O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasiga rahbarlik qilgan yillari (2013 - 2017) o'zbek sportida tub burilish yuzaga keldi. Xususan 2016 yilgi Rio Olimpiadasida sportchilarimizning jahon bo'ylab tanilishida ham Mirabror Zufarovichning xizmatlari beqiyosdir.

2019 yilning 15 mart kuni Mirabror Usmonov 71 yoshida bu yorug' olamni tark etdi. Xotira esa muqaddasdir. Mirabror Usmonov amalga oshirgan ishlar ham o'zbek sporti vakillari xotirasidan aslo o'chmaydi.


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia