“Xotira-79” o'z tarkibini sobiq “navbahorchilar” evaziga kuchaytirib oldi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2015
Birinchi liga qatnashchisi Uychining “Xotira-79” jamoasi bu yil o'z safiga “Navbahor”ning ayrim o'yinchilarini qo'shib oldi.
Bular – darvozabon Doniyor Usmonov. Himoyachilar Botir To'raboev, Durbek Umuraliev. Yarim himoyachi G'ayrat Jo'raev hamda hujumchi Sohib Abdullaevdir. Shuningdek jamoa bosh murabbiyi Tohir Madrahimovning ham o'tgan yili “Navbahor” murabbiylar shtabida faoliyat olib borganini takidlash o'tish joiz.

Undan tashqari o'tgan mavsum “So'g'diyona” tarkibida bo'lgan Botir Karimjonov va “Qo'qon-1912”da bir davra o'ynagan Bahrom Yuldashev ham “Xotira-79” tarkibidan o'rin olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia