Xosep Gvardiola: Birinchi bo'limda Arsenalning omadi keldi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2016
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola Arsenalga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Tanaffusda yigitlarga hech nima demadim. Shunchaki ularga hisobga e'tibor qilmay futbol o'ynash kerakligini aytdim. Birinchi bo'limda Arsenalning omadi keldi.

Bu o'yin Chelsiga qarshi bahsga o'xshab ketdi – biz yaxshi o'ynadik, biroq o'shanda yutqazgandik, bugun yutdik. Siti murabbiyi ekanimdan xursandman.

Bazi futbolchilar tarkibga qaytishsa balki ko'proq gol urarmiz, – deydi Gvardiola.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com