Xosep Gvardiola: Albatta Mourinyo bilan qo'l berib ko'rishaman

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 25 iyul kungi o'zaro bahsdan oldin Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo bilan qo'l berib ko'rishmoqchi ekanini aytib o'tdi.

Mourinyo bilan qo'l berib ko'rishamanmi? Albatta. Biz odobli yigitlarmiz. Nima uchun bunday qilmasligimiz kerak? Buning uchun sabab ko'rmayapman.

U ham, men ham g'alaba qozonishni istaymiz, shu xolos. Bu shunchaki o'rtoqlik uchrashuvi.

Biz o'yinlar orqali mavsumga tayyorgarlikni endi boshlayapmiz, imkon qadar jarohatlar bo'lmasligini istardim, – deydi Gvardiola.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com