Xoselu: "Hakam Daniloni chetlatishi kerak edi, ammo "Santyago Bernabeu"da bunaqasi kam bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2016, 14:23
"Deportivo" hujumchisi Xoseluning fikricha, "Real"ga qarshi bahsda hakam Santyago Xayme Latre bir vaziyatda madridliklar himoyachisi Daniloni chetlatishi kerak edi.

"Ayni damda u voqealar rivojiga ta’sir ko'rsatdi. Biz hisobda oldinda edik, hakam esa Danilo tomonidan bo'lgan qo'pollik uchun jarima zarbasi belgilamadi. O'sha vaziyatda u qizil kartochka ko'rsatishi va "Real" 10 kishi qolishi kerak edi, ammo "Santyago Bernabeu"da bunaqasi kam bo'ladi" - deydi Xoselu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS