Xorvatiyalik murabbiy Otto Barich koronavirusdan vafot etdi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2020
U 88 yoshda edi.

Xorvatiyalik taniqli futbol murabbiyi Otto Barich 88 yoshida vafot etdi. Xorvatiya futbol ittifoqi xabariga ko'ra Barich koronavirusdan so'ng ahvoli yomonlashishi oqibatida Zagrebdagi kasalxonada dunyodan ko'z yumgan.

Barich futbolchi sifatida Xorvatiyaning “Metalac”, “Lokomotiv” klublarida harakat qilgan. Shuningdek, Xorvatiya, Albaniya va Avstriya terma jamoalariga ustozlik qilgan. Bundan tashqari “Shtutgart”, “Kazino” (Zalcburg), “Fenerbahche”, “Shturm”, “Rapid” (Vena) va LASK klublarini boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Хорватия футбол иттифоқи