Xorvatiya termasi ustozi: “Ispaniya bizga to'qnash kelganidan xafa”

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2021
Xorvatiya TJ bosh murabbiyi Zlatko Dalich Evro-2020 1/8 finalidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi ertangi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

“Perishichning o'rnini bosish juda qiyin bo'ladi. Biroq, bizda ajoyib o'yinchilar bor va maydonga tushgan har bir futbolchi jamoa foydasi uchun bor kuchi bilan kurashishiga aminman. Perishichning o'rnini to'liq to'ldirsa bo'ladimi? Bunga ishonchim komil emas. Ammo bizda chap qanot vingeri poziciyasiga yaxshi tanlovlar bor, biz bunga echim topa olamiz.

Boshqa jamoalarni kuzatmaymiz. Barchani hurmat qilamiz, ayniqsa ertangi raqibimizni. Ular bizda yaxshi jamoa borligini bilishadi va bizga qarshi o'ynashdan xafa bo'lishgan. Maqsadimiz – chorak finalga chiqish, bunga bor e'tiborimizni qaratishimiz lozim”, deydi Dalich.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA