Xorvatiya terma jamoasi xavbeki Brozovich koronavirusga chalindi. Oldin kasallik Vidada aniqlangandi

Alisher
14 noya 2020, 11:23
"Inter" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marcelo Brozovich koronavirusga chalindi.

Xorvatlar Turkiya (3:3)ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng qo'shimcha testdan o'tishdi. Tanaffus paytida Domagoy Vidada koronavirus borligi ma'lum bo'ldi va u ikkinchi taym boshida almashtirildi.

Yangi test natijalariga ko'ra, musbat test Brozovichda va terma jamoaning yana bir xodimida koronavirus aniqlandi. Ikki o'yinchi ham jamoaning qolgan a'zolaridan izolyaciya qilingan, UEFA protokoliga ko'ra, jamoaning boshqa a'zolari o'zlarini izolyaciya qilishlari kerak emas.

Xorvatiya terma jamoasi bugun Millatlar Ligasi guruh bosqich doirasida Shvetsiya bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: hns-cff.hr